Элёр Боймуродов
4
Элёр Боймуродов
0
abunəçi
0
abunə
920
baxış
Rəylər
7
Seçmələr
Foto
Alişir Nevai Parkı
Navoi · Meşə-park
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Navoiydagi eng yaxshi dam olish joylaridan biri. Park juda katta, toza va yashil. Sayr qilish, do‘stlar yoki oila bilan vaqt o‘tkazish uchun juda yaxshi joy. Kechqurun ayniqsa chiroyli bo‘ladi. O‘rindiqlar, daraxtlar va yo‘laklar yaxshi saqlangan. Muhiti tinch va yoqimli. Menimcha, Navoiyga kelgan odam albatta shu parkga kirib ko‘rishi kerak. Tavsiya qilaman.
Medical center, clinic
Karmana District · Tibb mərkəzi, klinika
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Bu shifoxonaga ko‘p marta kelganman. O‘zimga juda yoqadi. Hududi chiroyli qilingan, hamma joyda daraxtlar, ko‘katlar bor. O‘tirishga skameykalar ham qo‘yilgan, odam kutayotganida qulay. Shifoxona toza saqlanadi. Doktorlar va hamshiralar ham yaxshi muomala qiladi, doim hurmat bilan gaplashadi. Shu tomoni menga juda yoqadi. Navbatlar ba'zida ko‘p bo‘ladi, lekin shunga qaramay xizmat yaxshi. Umuman olganda, yaxshi shifoxona. Tavsiya qilaman.
Kasim Sheikh
Karmana District · Məscid
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Masjid juda ozoda va osoyishta muhitga ega. Hududi puxta saqlangan, ichki qismi toza hamda ibodat uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Tartib-intizom va xotirjamlik yuqori darajada ta’minlangan. Mahalla aholisi va mehmonlar uchun munosib sharoitlar yaratilgan. Ushbu maskan nafaqat ibodat, balki ruhiy xotirjamlik topish uchun ham juda mos keladi. Umuman olganda, tashrif buyurishni tavsiya etaman. Allahuakbar
Mirzachorbog Palace
Kalovot mahalla fuqarolar yigʻini · Diqqətəlayiq yer
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Mirzachorbog‘ saroyi — hududimizdagi qiziqarli tarixiy obida. Hozirda bino qayta ta'mirlanmoqda, shuning uchun kelajakda yanada chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi kutilmoqda. Tarix va me'morchilikka qiziqqanlar uchun tashrif buyurishga arziydi. Umid qilamanki, restavratsiya ishlari yakunlangach, bu joy yanada mashhur bo‘ladi.
Korzinka
Navoi · Supermarket
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Bu Magazin menga juda yoqadi. Mahsulotlar tartibli joylashtirilgan, kerakli narsani topish oson. Tez-tez chegirmalar bo‘lib turadi, bu xarid qilishni yanada qulay qiladi. Xodimlari xushmuomala va doimo yordam berishga tayyor. Biror mahsulotni topishda yoki tanlashda savol bersangiz, hammasini tushuntirib berishadi. Umuman olganda, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshi, do‘kon toza va qulay. Xarid qilish uchun tavsiya qilaman.
Navoi Bus Station
Karmana District · Avtovağzal, avtostansiya
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Navoiy avtovokzali zamonaviy va chiroyli ko‘rinishga ega. Binoning me'morchiligi yoqimli, avtobuslar esa Toshkent, Buxoro va Samarqand yo‘nalishlariga odatda belgilangan vaqtda harakatlanadi. Shunga qaramay, ayrim jihatlarni yaxshilash mumkin. Kutayotgan yo‘lovchilar uchun ko‘proq o‘rindiqlar o‘rnatilsa yaxshi bo‘lardi. Yerosti piyodalar yo‘lagi tozaroq saqlansa va avtoturargoh yanada qulay tashkil etilsa, avtovokzal yanada shinam bo‘lardi. Umuman olganda, avtovokzal yaxshi taassurot qoldiradi va kelajakda yanada rivojlanishiga umid qilaman.
School № 1
Karmana District · Ümumtəhsil məktəbi
Yaddaşda saxla
Iyun 2026
Men shu maktabda o‘qiyman va umuman olganda taassurotlarim ijobiy. O‘qituvchilarning aksariyati mehribon va darslarni yaxshi tushuntirishga harakat qiladi. Albatta, har qanday maktabda bo‘lgani kabi, 1–2 nafar unchalik yoqmaydigan o‘qituvchi ham bor, lekin ko‘pchiligi o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi. Asosiy kamchiliklardan biri — ayrim resurslarning yetishmasligi. Shu sababli ba'zi mavzularni to‘liq o‘rganish qiyinroq bo‘ladi. Maktab binosi ham biroz eskirgan, maktab hovlisini esa yanada zamonaviyroq qilish mumkin. Bu yil maktabda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi: kichik bog‘ tashkil etildi, toza ichimlik suvi manbai o‘rnatildi, yangi doskalar va zamonaviy elektron doskalar keltirildi. Bundan tashqari, ko‘plab kichik, ammo foydali yangilanishlar ham amalga oshirildi. Maktab ovqatlari yomon emas, lekin ularni yanada yaxshilash mumkin deb o‘ylayman. Ba'zi o‘quvchilarning tarbiyasi ham unchalik yaxshi emas, ammo bu ko‘proq ota-onalarning mas'uliyati. Umuman olganda, maktab yaxshi taassurot qoldiradi. Kelajakda yanada rivojlanib, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy maskanga aylanishiga ishonaman.